19- Xalqaro «Energetika, energiya tejash, atom energetikasi, muqobil energiya manbalari» – Power Uzbekistan 2026» ko`rgazmasi

12 - 14 may 2026, CAEx Uzbekistan / Toshkent, O`zbekiston

Yangiliklar

Turkiyadan ko`rinish: O`zbekistonning yuqori sarmoyaviy salohiyatidan tashqari, bizni uning xavfsizligi, iqtisodiy barqarorligi va xalqining do`stona munosabati o`ziga tortadi.

Kecha O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirokida energetika sohasida yangi quvvatlarni ishga tushirish va navbatdagi loyihalarni qurish marosimida ishtirok etgan Turkiyaning “iLTEKNO” kompaniyasi bosh direktori Ali Nihat Dilek “Iltekno” kompaniyasi bilan suhbatda. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.

– O‘zbekistonda loyihalarni amalga oshirishni boshlaganimizga 6 yil bo‘ldi, ayni paytda 15 ta loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan. Ta’kidlashni istardimki, birinchi loyihamiz O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan boshlangan bo‘lsa, bugun so‘nggi loyihamizning ochilishi ham davlat rahbari tomonidan amalga oshirildi.

Bunda ramziy ma’no bor, ya’ni bu davlat rahbarining sarmoyaviy loyihalarni boshidan oxirigacha qo‘llab-quvvatlayotganining ifodasi, deb o‘ylayman.

Biz O‘zbekistonda ishlashdan mamnunmiz. Mamlakatning yuqori sarmoyaviy salohiyati bilan bir qatorda xavfsizlik, iqtisodiyot barqarorligi, xalqingizning do‘stona munosabati ham bizni o‘ziga jalb qilmoqda.
Axborot ko`magi