19- Xalqaro «Energetika, energiya tejash, atom energetikasi, muqobil energiya manbalari» – Power Uzbekistan 2026» ko`rgazmasi

12 - 14 may 2026, CAEx Uzbekistan / Toshkent, O`zbekiston

Ishtirok etishning afzalliklari

Xalqaro Power Uzbekistan ko‘rgazmasi – energetika bozoridagi yilning eng muhim voqeasidir.

Ko‘rgazma ishtirokchilari energiya uskunalarini xarid qilishga qiziqqan ko‘plab biznes-tashrif buyuruvchilarga o‘z mahsulotlarini taklif etish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Power Uzbekistan ko‘rgazmasida ishtirok etish kompaniyangizga quyidagilarni ta’minlaydi:

  • Hududiy va xalqaro aloqalarni yo‘lga qo‘yish – bu ishtirokchi kompaniyalarga mijozlar, biznes vakillari, sanoatchilar, loyihachilar, olimlar va savdo vakillari bilan yangi aloqalarni o‘rnatish va mavjud munosabatlarni mustahkamlash imkonini beradi;
  • Mahsulotlaringiz sotuv geografiyasini kengaytirish – O‘zbekiston va butun Markaziy Osiyo mintaqasida distribyutorlar, dilerlar va boshqa hamkorlarni topish hamda kompaniyangizni shartnomalar bilan ta’minlash;
  • Ma’lum auditoriyaga energetika sohasidagi dolzarb ishlanmalar, texnologiyalar va yechimlarni namoyish etish;
  • Brendingizga e’tibor jalb qilish va uning taniqliligini oshirish;
  • Muvaffaqiyatli, ishonchli va barqaror rivojlanayotgan kompaniya sifatidagi obro‘ni shakllantirish va qo‘llab-quvvatlash.

2022 yilgi ko‘rgazma yakunlariga ko‘ra:

  • 20 ta mamlakatdan 7 479 nafar soha mutaxassisi tashrif buyurdi;
  • 98% tashrif buyuruvchilar kelasi yili ko‘rgazmaga tashrif buyurishni xohlaydi;
  • 78% tashrif buyuruvchilar ko‘rgazmada yangi aloqalar o‘rnatdi;
  • 54% ishtirokchilar yangi biznes aloqalarni yo‘lga qo‘ydi;
  • 61% ishtirokchilar kelasi yili ham ishtirok etishni istaydi;
  • Ishtirokchilarning 100% fikricha, ko‘rgazma biznes uchun muhimdir.

Ko‘rgazmaga bag’ishlangan onlayn, oflayn va PR-aktivatsiyalarni qamrab olgan keng ko‘lamli promokampaniya yil bo‘yi O‘zbekistonda va xorijda olib borilmoqda.