Amaliy dastur
Anjuman haqida O`zbekiston xalqaro energetika anjumani O`tkazilish joyi: Toshkent, O`zbekiston O`zbekiston xalqaro energetika anjumani mamlakatimizning yetachki xalqaro tadbiri bo`lib, u Power Uzbekistan ko‘rgazmasi biznes dasturining asosiy qismi hisoblanadi. Anjumandan ko`zlangan maqsad jahon energetika hamjamiyatining konstruktiv fikr almashishi, sohada o`zaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlash va O`zbekistonning mintaqaviy energetika tizimiga yanada integratsiyalashuvidan iborat. Anjuman iqtisodiyotning energetika sektori oldida turgan asosiy muammolar va rivojlanishning dolzarb muammolarini muhokama qilish uchun maydonga aylanadi: Energiya tejamkorligi va energiya samaradorligi. Energiya va resurslarni tejash texnologiyalari; Elektr energetikasi; Quyosh energiyasi; Shamol energetikasi; Gidroenergetika; Atom energiyasi; Anjumanning ikki kuni sizning kompaniyangiz uchun ajoyib imkoniyat yaratadi: samarali uchrashuvlar va yangi aloqalar o`rnatish; sanoat bozorida o`z pozitsiyalarini mustahkamlash; davlat amaldorlari va vazirliklardan birinchi qo`l ma`lumotlarini olish; O`zbekistonning ustuvor investitsiya loyihalari bilan tanishish; eng yaxshi sanoat amaliyoti bo`yicha tajriba va ma`lumot almashish; kompaniyangizni reklama qilish. Ishtirok formatlari: O`zbekiston xalqaro energetika anjumani ishtirokchilari anjumanda ishtirok etish uchun quyidagi to`plamlardan birini tanlashlari mumkin: "Homiy" paketi; "Hamkor"paketi; "Ma`ruzachi" paketi; "Delegat" paketi. Anjumanda ishtirok etishga dunyoning eng yirik energetika kompaniyalari yetachki ekspertlari va rahbarlari, yirik investorlar, tarmoq vazirliklari va davlat idoralari, xalqaro banklar, birlashmalar, uyushmalar, savdo palatalari, xalqaro moliya korporatsiyalari, samaradorligi isbotlangan dunyoning ilg`or tajribasini namoyish etuvchi xususiy kompaniyalar vakillari taklif etiladi. 2023-yil dasturi quyidagi mavzularni qamrab oldi: Dinamik geosiyosiy va geoiqtisodiy voqelik sharoitida O`zbekiston yoqilg`i-energetika majmuasini strategik rejalashtirish Neft-kimyo sanoatini rivojlantirish va diversifikatsiya qilishning yangi tsiklining megatrendlari Energetika sanoatining ekologik jihatlari Yangi uglevodorod konlarini prognozlash va qidirishning zamonaviy texnologiyalari Aqlli texnologiyalar bilan integratsiyalashgan neft va gaz sanoatida kon va ishlab chiqarish jarayonlarini optimallashtirish O`zbekiston energetika infratuzilmasida qayta tiklanuvchi energiya va energiya samaradorligini joriy etishning ilg`or mexanizmlari O`zbekiston energetika infratuzilmasiga joriy etishning ilg`or texnologik va moliyaviy mexanizmlari Atom energiyasini amalga oshirish-uglerod neytralligini ta`minlash uchun asosdir Tarkibiy o`zgarishlar O`zbekiston elektroenergetikasining innovatsion ekotizimini kengaytirish asosi sifatida Vodorod energiyasi. Istiqbollar, tendentsiyalar va texnologik muammolar Batafsil dastur uchun, murojaat qiling: Anjuman prodyuseri: Nodir Turabekov, T: +998 71 205 18 18, nodir.turabekov@iteca.uz