Yangiliklar
Qoraqalpog‘iston va Jizzaxda yangi kuchli elektr stansiyalari quriladi
MIPT ikki kompaniya bilan tegishli shartnomalar imzoladi.Qoraqalpog‘iston va Jizzax viloyatida yangi qudratli elektr stansiyalari quriladi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati.
Hozirgina yakuniga yetgan Samarqand xalqaro iqlim forumi doirasida “yashil” iqtisodiyotni rivojlantirishga qaratilgan qator hujjatlar imzolandi.
Shunday qilib, SANY Renewables International Investment Co.,Ltd kompaniyasi bilan. Qoraqalpog‘istonda 1000 MVt quvvatga ega shamol elektr stansiyasini qurish bo‘yicha investisiya shartnomasi imzolandi.
“China Electrical Equipment International Company Limited” kompaniyasi bilan Jizzax viloyatining Farish tumanida 500 MVt quvvatga ega quyosh elektr stansiyasini qurish bo‘yicha shartnoma imzolandi.
Manba