Yangiliklar
Power Uzbekistan 2025 – mamlakat energetika mutaxassislarining bosh ko‘rgazmasi!
«Energetika, energiya tejash, atom energetikasi, muqobil energiya manbalari» – Power Uzbekistan 2025» 18-Xalqaro ko`rgazmasi 2025-yilning 13-15-may kunlari yangi manzil – CAEx Uzbekistan’da o‘z ekspozitsiyasini namoyish etadi.Tadbir tashkilotchilari - Iteca Exhibitions xalqaro ko‘rgazma kompaniyasi va uning hamkori ICA Eurasia Group.
Energiya zamonaviy hayotning asosidir: sanoatdan tortib kundalik maishiy texnika va gadjetlargacha. Energetika xavfsizligini ta’minlash har qanday davlatning asosiy ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. O‘zbekistonda yoqilg‘i-energetika sohasida keng ko‘lamli islohotlar, jumladan, xalqaro tajriba va kapitalni jalb etgan holda yirik investitsiya loyihalari faol amalga oshirilmoqda.
Power Uzbekistan O‘zbekiston energetika haftaligi doirasida o‘tkazilmoqda va ushbu ko‘rgazma energetika kompleksining barcha asosiy yo‘nalishlari mutaxassislarini birlashtirgan sohadagi yetakchi platformalardan biri hisoblanadi. Energiyani tejash va muqobil energiya masalalariga alohida e’tibor qaratilgan – bu mavzular GETCA – Markaziy Osiyoning yashil energiya tejash texnologiyalari ixtisoslashtirilgan bo‘limida yoritilgan.
Ko‘rgazma nafaqat eng yangi texnologiya va uskunalarni namoyish etadi, balki O‘zbekistonning tegishli idoralari vakillari bilan ishbilarmonlik aloqalarini o‘rnatish, nafaqat mamlakatimiz, balki butun mintaqa bozoriga chiqish istiqbollarini o‘rganish uchun ajoyib imkoniyat yaratadi.
Ko'rgazma bo'limlari:
Energetika va elektrotexnika
Mashinasozlik
Yadro energetikasi
Qayta tiklanadigan va muqobil energiya manbalari
Generatorlar
Kabel va simli mahsulotlar
Energetika haftaligi koʻrgazmalarining birlashgan ekspozitsiyasida quyidagi 24 ta davlatdan 320 ta kompaniya ishtirok etadi: AQSh, Avstriya, BAA, Belarus Respublikasi, Eron, Germaniya, Gruziya, Hindiston, Italiya, Koreya Respublikasi, Monako, Ozarbayjon, Polsha, Qozogʻiston, Rossiya, Ruminiya, Saudiya Arabistoni, Shveytsariya, Singapur, Turkiya, Ukraina, Xitoy, Yaponiya, Oʻzbekiston. Turkiya kompaniyalarining milliy pavilyoni, shuningdek, Eron, Xitoy va Rossiya Federatsiyasining Moskva viloyatining jamoaviy stendlarining ishtiroki rejalashtirilgan.
KO‘RGAZMA HOMIYLARI:

Rasmiy komak:
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Tadbirkorlik, raqobatni rivojlantirish va sanoat masalalari qo'mitasi
O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi
Onlayn ro'yxatdan o'tish quyidagi havolada mavjud:
Qo'shimcha ma'lumot uchun Iteca Exhibitions bilan bog'laning:
Email: power@iteca.uz
Tel: + (998 71) 205 18 18, faks: + (998 71) 237 22 72