Yangiliklar
O`zbekistonning ikki viloyatida umumiy quvvati 500 MVt bo`lgan shamol elektr stansiyalari qurilad
Xitoyning Universal Energy kompaniyasi Samarqand va Jizzax viloyatlarida umumiy quvvati 500 MVt bo'lgan ikkita shamol stansiyasini quradi.
O'zbekiston Prezidentining 7 maydagi qarori bilan Samarqand va Jizzax viloyatlarida ikki shamol elektr stansiyalarini qurish bo'yicha investitsiya bitimlari tasdiqlandi.
Xitoyning Universal Energy kompaniyasi bilan investitsiya shartnomalari 25 yanvarda imzolandi. Loyiha pudratchilari universal Energy kompaniyasining sho'ba korxonalari-Peak Wind Alpha va Peak Wind Beta bo'ladi. Loyiha uchun garov sifatida ular chet el bankining umumiy qiymati 18 million dollar bo'lgan kafolatlarini taqdim etdilar.
Har bir loyiha doirasida 250 MVt quvvatga ega shamol elektr stansiyalari, shuningdek elektr uzatish liniyalari qurilishi rejalashtirilgan. Har bir loyihani amalga oshirish uchun investor 250 million dollar ajratmoqchi.
Ushbu shamol elektr stansiyalarida ishlab chiqarilgan elektr energiyasi 25 yil ichida xarid qilish majburiyatini olgan "O'zbekiston milliy elektr tarmoqlari" ga sotilishi kafolatlangan.