19- Xalqaro «Energetika, energiya tejash, atom energetikasi, muqobil energiya manbalari» – Power Uzbekistan 2026» ko`rgazmasi

12 - 14 may 2026, CAEx Uzbekistan / Toshkent, O`zbekiston

Yangiliklar

O`zbekiston, Ozarbayjon va Qozog`iston o`z energiya tizimlarini birlashtirmoqchi

Tomonlar tegishli hujjatni imzoladilar.

​​​​​​​O'zbekiston, Ozarbayjon va Qozog'iston uch mamlakat energiya tizimlarini birlashtirish bo'yicha hamkorlik Memorandumini imzoladilar. Bu haqda "Interfaks" xabar bermoqda.

Ma'lum bo'lishicha, hujjat 1 may kuni Toshkentda bo'lib o'tgan uch mamlakat iqtisodiyot va energetika vazirlarining uchrashuvi yakunlari bo'yicha imzolangan.

Ushbu hujjatning amalga oshirilishi uch tomonga "yashil" energiya ishlab chiqarish va uni Ozarbayjon orqali Yevropaga eksport qilishni tashkil etishda o'zaro hamkorlik qilish, energiya tizimlari integratsiyasini va qayta tiklanadigan energiya manbalaridan samarali foydalanishni ta'minlash imkonini beradi, — dedi Ozarbayjon iqtisodiyot vaziri Mikail Jabbarov.

Ishtirokchilar Kaspiy dengizi tubi bo'ylab yuqori voltli kabel yotqizish orqali energiya tizimlarini ulash imkoniyatlarini o'rganadilar.

Texnik topshiriq doirasida xalqaro transmissiya koridorlarini rivojlantirish va Evropa Ittifoqi mamlakatlariga "yashil" energiya sotish uchun mo'ljallangan biznes modeli ishlab chiqiladi. Yuqoridagilar asosida uch mamlakat energetika vazirliklari o'rtasida Ozarbayjon, Qozog'iston va O'zbekiston energetika tizimlarini tizimlararo bog'lash bo'yicha hamkorlik memorandumi loyihasi ishlab chiqildi, — dedi Qozog'iston energetika vaziri Almasadam Satkaliyev.

Bugungi kunga qadar ushbu loyihani amalga oshirishning asosiy yondashuvlari muhokama qilindi va kelishib olindi.
Axborot ko`magi